11:18 / 13.05.2019
2 799

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijonga bordi (foto)

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijonga bordi (foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlar zalida serbiyalik mutaxassis, professor Voya Miloslavlevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani, mazkur uchrashuvda O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O‘FA va PFL rahbarlari va xodimlari ishtirok etishgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Yig‘ilish davomida serbiyalik mutaxassis futbolni rivojlantirishning asosiy tamoyillari va bu borada e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar mavzusida ma’ruza qilgan. Voya Miloslavlevich hafta davomida hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari bilan yaqindan tanishib, bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha ham o‘z maslahatlarini berib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Mazkur rejaga asosan serbiyalik mutaxassis Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurib, akademiya bilan yaqindan tanishishdi. Undan so‘ng Andijon shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabi hamda "Sog‘lom Avlod" o‘yingohini ko‘zdan kechirildi.

Voya Miloslavlevich Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar akademiyasi murabbiylari bilan uchrashuv davomida bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi va o‘z maslahatlarini berib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijonga bordi (foto)