18 may, shanba kuni professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Daniyaning Orhus shahrida joylashgan «Vibi« sport saroyida tashkil qilinadigan boks oqshomida Shahobiddin Zoirovga gruziyalik Mishiko Shubitidze (12 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat, 3 ta durang, 5 ta nokaut) raqiblik qiladi.
Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi, super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Xurshid Tojiboyev (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ham ringga ko‘tariladi. Xurshid shu kuni boshqa bir gruziyalik bokschi Irakli Shariashviliga (5 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Holtni (5 ta g‘alaba, 1 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat, 3 ta nokaut) birinchi raunddayoq nokautga uchratib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xurshid Tojiboyev esa polshalik Kshishtof Rogovskini (10 ta g‘alaba, 29 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut) uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?