Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan iste’foga chiqdi

  • 15 may 2019, 19:10
  • 877
  • Sport
  • Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan iste’foga chiqdi
    O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi deb ma’lum qiladi Kun.uz nashri.

    «1 yildan ortiq vaqt mobaynida menga mana shunday ishonch bildirilgani va katta imkoniyat yaratib berilgani uchun hukumatimizga minnatdorchilik aytib qolaman. Yurtimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tiborni atletlarimiz xalqaro maydonlardagi natijada aks ettira olishdi. Shu vaqt mobaynida biz bir jamoa bo‘lib, katta-katta marralarni zabt etdik. Yurtimiz sportchilarini kelajakda ulkan yutuqlar kutib turibdi. Ishonamanki, yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpaidasida ular bunday ishonchni oqlab qaytishadi», deydi Ahmadjonov Kun.uz nashri uchun bergan intervyusida.

    Bugun, 15 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida mazkur masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda Ahmadjonov iste’foga chiqarilib, qo‘mitaning yangi prezidenti e’lon qilinishi kutilmoqda.

    Ayni vaqtda qo‘mita rahbarligi uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.
    Hozircha Ahmadjonovning ishdan ketish sabablari ma’lum emas.

    Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. U O‘FFda qolish-qolmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

    Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov 2018 yil 16 yanvar kuni Alisher Sultonov o‘rniga qo‘mita prezidenti etib saylangandi.

    Ahmadjonov qo‘mitaga prezidentlik qilgan davrda o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida medallar qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordni yangiladi (21ta oltin - 24ta kumush - 25 ta bronza – jami 70 medal).

    Фикрлар

    » » Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan iste’foga chiqdi