O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qo‘mitasining yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdan tashqari bosh assambleya vaqtida Umid Ahmadjonovni o‘z arizasiga binoan lavozimidan muddatidan oldin ozod etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu masala ovozga qo‘yilib, ma’qullandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov nomzodi MOQ prezidentligi uchun ovozga qo‘yilib, ma’qullandi. Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Rustam Shoabdurahmonovni qo‘mitaning yangi rahbari sifatida tanishtirdi.
Rustam Mavzurovich Shoabdurahmonov 2001-2005 yillarda Toshkent hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Rustam Shoabdurahmonov 2018 yilning iyunida Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash direksiyasi raisi etib tayinlangan edi. U o‘tgan yilning iyulida O‘zbekiston qilichbozlik Federatsiyasiga ham rais bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi