09:34 / 19.05.2019
2 846

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi navbatdagi g‘alabasiga erishdi

O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi navbatdagi g‘alabasiga erishdi
18 may, shanba kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Ravshan Umrzoqov (9 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Ravshan Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Entoni Moloyzanega (11 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 7 ta nokaut) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jangda Umurzoqov raqibini ochkolar hisobiga maglubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik boshqa bokschi yengil (-61,2) vazn toifasi vakili Elnur Abduraimov (5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) nokaut evaziga raqibini yenggan bo‘lsa, ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) esa tojikistonlik Asror Vohidovga (3 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) ochkolar hisobi bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yana bir yengilmas bokschi navbatdagi g‘alabasiga erishdi