10:08 / 19.05.2019
2 940

Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raunddayoq ringga qulatdi

Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raunddayoq ringga qulatdi
Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov Daniyada tashkil etilgan professional boks oqshomida jang o‘tkazdi.

Ushbu jangda hamyurtimizga gruziyalik Mishiki Shubitidze (12-13-3, 5KO) raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundning o‘zidayoq raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Zoirov prof ringdagi debyutini 5 aprel kuni nishonlagan va unda indoneziyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raunddayoq ringga qulatdi