15:27 / 19.05.2019
2 687

«Yuventus» murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi
Massimiliano Allegrining iste’fosini e’lon qilgan «Yuventus» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod «Latsio»da faoliyat ko‘rsatayotgan Simone Indzagi hisoblanadi. Bu haqda Corriere dello Sport manbasi xabar bermoqda.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. So‘nggi besh mavsumda turinliklar uzluksiz chempion bo‘lib kelishgandi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishganli, jamoa 2015 yilda «Barselona»ga (1:3), 2017 yilda «Real»ga (1:4) yutqazgandi.

YeChLning joriy mavsumida byankonerilar 1/4 finalga yetib borishdi va «Ayaks» to‘sig‘idan o‘ta olishmadi (1:1 va 1:2). A Seriyada jamoa mavsum yakuniga ikki tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi «Napoli»ni 13 ochkoga ortda qoldirib, muddatidan oldin chempionga aylanishdi.

Bundan avvalgi xabarlarda «Yuventus» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida Dide Desham, Maurisio Sarri, Karlo Anchelotti, Antonio Konte va Maurisio Pochettino kabi mutaxassislar nomi sanalgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi