23:31 / 19.05.2019
2 673

AGMK o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi

AGMK o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan AGMK klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida mehmonlar safida Shahboz Jo‘raboyek hisobni ochdi, - 0:1. Goldan keyin mezbonlar hujumga zo‘r berishdi. Buning natijasida 14-daqiqada hakam tomonidan penalti belgilandi. Bu imkoniyatdan Dilshod Jo‘rayev unumli foydalana olmadi. “So‘g‘diyona” darvozaboni Jo‘rayev ijrosidagi penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyingi daqiqalarda ikkala tomonda ham ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Biroq yaratilgan imkoniyatlar gol bo‘lishiga yetarli bo‘lgani yo‘q. Ikkinchi bo‘limning 89-daqiqasiga kelib “So‘g‘diyona” uchrashuvdagi navbatdagi golni kiritdi. Hujumga o‘tib ketgan AGMKning himoyada bo‘sh o‘ynaganidan Kaxi Maxaradze qanotdan Siroj Melivning uzatmasidan to‘p kiritdi, - 2:0. Shu tariqa AGMK yana o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.

AGMK – “So‘g‘diyona” – 0:2
Gollar:
Shahboz Jo‘rabekov (4), Kaxi Maxardze (89)
Foydalanilmagan penalti: Dilshod Jo‘rayev (14)

AGMK: 1. Nizomiddin Ziyovutdinov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 8. San’at Shixov (15. Jasurbek Hakimov, 65), 9. Zafar Polvonov, 19. Jasur Hasanov, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov (17. Murodjon Toshmatov, 72), 23. Akmal Shorahmedov, 31. Saydullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov, 44. Boburbek Yo‘ldoshev, 60. Komron Saydazimov (99 Shaxzodbek Nurmatov, 84).

“So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 3. Iskandar Shoyqulov, 4. Elyor Orifov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sanjar Rashidov (14. Jamshid Boltaboyev, 71), 9. Oybek Nurmatov (8. Siroj Meliyev, 51), 10. Shoxruz Norxonov, 18. Sherzod Shakirov, 77. Daniel Nasriddinov (21. Saxob Rashidov, 79), 91. Nikola Milinkovich, 97. Shaxboz Jo‘rabekov.

Ogohlantirishlar: Oybek Nurmetov 41, Jamshid Boltaboyev 84, Nikola Milinkovich 87, Jasur Hakimov 88.

Manba: uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi