"Navbahor" Namanganda "Metallurg" bilan durang o‘ynadi

  • 19 may 2019, 23:50
  • 376
  • Sport
  • "Navbahor" Namanganda "Metallurg" bilan durang o‘ynadi
    O‘zbekiston chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Metallurg" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda durang qayd etildi.

    Uchrashuvda har ikki jamoada bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi, biroq hisob ochilmadi.
    Shu tariqa, “Navbahor” 13 ochko bilan oltinchi o‘rinda qoldi. “Metallurg” (12) esa 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

    "Navbahor" – "Metallurg" 0:0 (0:0, 0:0)

    "Navbahor": O‘tkir Yusupov, Oston O‘runov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov (Bahodir Nasimov, 81), Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘rboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov, Jahongir Mehmonov, Abbos G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 69).

    "Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo‘ldoshev (Shavkat Mullajonov, 80), Suhrob Nurulloyev, Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andrev, Akbar Ismatullayev, Muhammad Isayev (Sergey Tumasyan, 70), Bahodir Pardayev

    Ogohlantirishlar: Abdurahimov 27, Isayev 40, G‘ofurov 69, Yo‘ldoshev 74, Kasyan 85, Ismatullayev 90+2, Lobanov 90+3.

    Фикрлар

    » » "Navbahor" Namanganda "Metallurg" bilan durang o‘ynadi