00:22 / 20.05.2019
2 890

"Nasaf" hujumchisi: "Qani edi, bizni ham terma jamoaga jalb etishsa"

"Nasaf" hujumchisi: "Qani edi, bizni ham terma jamoaga jalb etishsa"
Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida "Nasaf" "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qayd etdi.

Mazkur uchrashuvda dublga erishgan Humoyun Murtazoyev o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun yanada ko‘plab gollar kiritishim mumkin edi, ammo biroz omad yetishmadi. Asosiysi g‘alaba qozona oldik. Endi mashg‘ulotlar jarayonida birga-bir vaziyatlar borasida ko‘proq ter to‘kaman.

Albatta, har bir futbolchi milliy terma jamoada o‘ynashni orzu qiladi. Qani edi bizni ham terma jamoaga chaqirishsa, bor kuchimiz bilan o‘ynagan bo‘lar edik", - dedi Murtazoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" hujumchisi: "Qani edi, bizni ham terma jamoaga jalb etishsa"