09:02 / 21.05.2019
2 613

OChL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruhda qolib ketdi

OChL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruhda qolib ketdi
Kecha Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Paxtakor» safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» klubi bilan bellashdi. Toshkentliklarni bu bahsda durang natija ham qoniqtirar edi. Biroq, «Paxtakor» 1:2 hisobida yutqazdi.

69-daqiqada Umar As-Soma mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, o‘yin yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Sergeyev javob golini urdi. Bu natija «Paxtakor»ni to‘liq qoniqtirardi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda G‘arib «Al-Ahliy»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Natijada, Qatarning «As-Sadd» klubi 1-o‘rin, «Al-Ahliy» 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. «Paxtakor» 3-o‘rin bilan guruhda qolib ketdi.

OChL, D guruhi, 6-tur

Persepolis (Eron) - As-Sadd (Qatar) 2:0
Gollar:
Turobiy (16), Alipur (67)

Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – Paxtakor (O‘zbekiston) 2:1
Gol:
As-Soma (69), G‘arib (90+2) – Sergeyev (88)
Al-Ahliy: Muhammad Uvays, Muhammad Fozil, Paulo Dias, Abdulloh Tarmin, Abdulbosit Hindiy, Aderlan Santos, Yusuf Harbiy, Salmon Muvashar, Abdulfattoh Asiriy, Xorxe Semedo, Umar As-Soma (s)
Zaxira: Bosim Solih, Taysir Jasim, Nuh Ibrohim, Ayman Alhulayf, Abdulrahmon G‘arib, Hani Ismoil, Umar Siroj
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets (s), A’zamov, Alijonov, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Masharipov, Cheran, Hamdamov, Bikmayev
Zaxira: Suyunov, Komilov, Ahmadov, Sergeyev, Kozak, Sindarov, Simich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL. «Paxtakor» so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, guruhda qolib ketdi