07:13 / 22.05.2019
2 979

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "10 ta gol kiritasizmi farqi yo‘q, guruhdan chiqish kerak edi"

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "10 ta gol kiritasizmi farqi yo‘q, guruhdan chiqish kerak edi"
“Lokomotiv” – “Al Rayyan” (3:2) uchrashuvi yakunlanganidan keyingi matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov ishtirok etdi.

"To‘g‘ri, g‘alaba hech nimani hal qilmas edi. Ammo g‘alaba har doim yaxshi hissiyotlar beradi. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, 2:0 dan keyin uyg‘ondik, qaytishga harakat qildik. Unga qadar biz konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. Albatta, keyinchalik o‘zimizga kelib, ketma-ket gollar urdik.

– OChLning ushbu mavsumida 5 ta gol urdingiz. Xo‘sh, xalqaro maydondagi o‘yiningizdan qoniqdingizmi?

- 5 ta gol urasizmi, 10 ta to‘p kiritasizmi buning farqi yo‘q. Guruhdan chiqish kerak edi. 2016 yilda 3 ta gol urgan bo‘lsak ham, guruhdan chiqqandik. Bu mavsum esa vazifa bajarilmadi", - deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temurxo‘ja Abduxoliqov: "10 ta gol kiritasizmi farqi yo‘q, guruhdan chiqish kerak edi"