18:30 / 22.05.2019
2 810

Rasman: «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarildi

Rasman: «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarildi
Foto: Google Images
«Qo‘qon-1912» klubi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Jamoani vaqtinchalik Aziz To‘xtaboyev boshqarib turadi.

No‘’mon Hasanov «Qo‘qon-1912»ni 2016 yilning 2-davrasidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Jamoa uning qo‘l ostida 2017 va 2019 yillarda Farg‘ona viloyat hokimi kubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek 2017 yilda Qo‘qon futboli tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani takrorladi.

Jamoa 2-turdan 13-turgacha 11ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi. «Qo‘qon-1912» jamoasi Toshkentda «Paxtakor», «Lokomotiv» jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi. Safarda esa «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: «Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov iste’foga chiqarildi