09:04 / 23.05.2019
3 155

FIFA Qatardagi JCh-2022 da 32 terma jamoa qatnashishini e’lon qildi

FIFA Qatardagi JCh-2022 da 32 terma jamoa qatnashishini e’lon qildi
FIFA Qatarda 2022 yilda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida avvalgidek 32 terma jamoa ishtirok etishini e’lon qildi. Ya’ni, avval taxmin qilinganidek, qatnashuvchi terma jamoalar soni 48 taga yetkazilmaydigan bo‘ldi.

Bunga sabab — Qatarning birorta qo‘shnisi turnir o‘yinlarini o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega emasligidir. Qatarning o‘zi stadionlarga bo‘lgan talablar pasaytirilsagina kengaytirilgan turnirni qabul qilishini bildirgan edi. Ya’ni turnir FIFA tomonidan tasdiqlangan 8 ta stadiondagina emas, agar FIFA stadionlarning sig‘imiga bo‘lgan talabni 20.000 gacha kamaytiradigan bo‘lsa, yana to‘rtta yangi stadionda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi.

Lekin FIFA mezonlarni o‘zgartirmadi, binobarin Jahon kubogi qatnashchilari tarkibi kengaytirilmaydigan bo‘ldi va 5 iyun kuni bo‘lib utadigan FIFAning navbatdagi kongressida hech qanday taklif ko‘rib chiqilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Qatardagi JCh-2022 da 32 terma jamoa qatnashishini e’lon qildi