12:43 / 24.05.2019
3 722

Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etdilar

Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etdilar
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorlikda Uchtepa tumanida joylashgan Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtalim maktabida sport aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirning birinchi qismida maktabning 300 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJ harbiy xizmatchilari Muzaffar Yusupov va Bahodir Jalolovlar, O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchilari Shahram G‘iyosov va Murodjon Axmadaliyevlar bilan brifing tashkil etildi.

Brifingda o‘quvchilar bugungi kunda boksda professional faoliyatini olib borayotgan charmqo‘lqop ustalarining muvaffaqiyatga erishish sirlari, sportchining kun tartibi – taym menejmentga amal qilishi, kunlik mashqlari, ring psixologiyasi, katta sportda adolatsizlik va mag‘lubiyat, inson irodasi hamda taktik haraktlarda aqlning kuchi, 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiada, Jahon chempionatidagi uchrashuvlar va Uzbek Tigers faoliyati haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shu bilan birga, brifing yakunida Institut rahbariyati sportchilarga yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnomalar taqdim etgach, yengil atletika sport turi bo‘yicha maktab musobaqasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga chempionlarimiz tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa, maktabda “Qo‘l jangi”, “Kik boks”, “Karate”, “Tekvando”, “Kurash” sport to‘garaklariga boradigan o‘quvchilarga bokschilarimiz tomonidan “Boks” va “Dzyudo” seksiyalari bo‘yicha mahorat darslari olib borildi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad esa sportning olimpiya turlarini targ‘ib qilishdan iboratdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionlari ring sirlarini oshkor etdilar