20:32 / 24.05.2019
3 217

Shohjahon Ergashev yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

Shohjahon Ergashev yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Bokschimiz Shohjahon Ergashev 9 iyun kuni o‘zining professional boksdagi o‘n yettinchi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytga kelib, Moskvada kechadigan mazkur boks kechasida unga kim raqiblik qilishi aniqlandi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ergashevning galdagi raqibi puerto-rikolik Danielito Zorrilla bo‘ladi. Ushbu bokschi shu paytgacha 11 bor ringga ko‘tarilgan va barchasida g‘alaba qozongan. Janglarning 9 tasida esa raqiblarini nokautga uchratgan.

Ta’kidlash joiz, avvalroq bokschimiz amerikalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi bahs olib borishi haqida aytgandi. Biroq kelishuv amalga oshmagach, ushbu raqib varianti munosib ko‘rildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi