22:45 / 25.05.2019
2 824

"Bunyodkor" Bekobodda "Metallurg"ni taslim etdi

"Bunyodkor" Bekobodda "Metallurg"ni taslim etdi
O‘zbekiston Superligasining 10-tur diorasida "Metallurg" klubi o‘z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" futbolchilarini qabul qildi va mag‘lubiyatga uchrashdi.

Uchrashuvni mehmonlar shiddatli boshlashdi va bir nechta vaziyatlarni yaratishga erishdi. 36-daqiqaga kelib Nurillo To‘xtasinov qariyb 25 metr masofadan darvoza to‘qqizligini nishonga olib hisobni ochdi. Shundan keyin maydon egalari biroz jonlanishdi, lekin birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni "Metallurg" futbolchilari yaxshi boshlashdi, lekin oradagi farqni yo‘qqa chiqara olmadi. "Bunyodkor" futbolchilari markaziy himoyachining qo‘pol xatosidan keyin Mirjahon Mirahmadov hisobni oshirishga erishdi. O‘yin shu tarzda yakuniga yetdi va "Bunyodkor" Bekoboddan uch ochko bilan qaytdi.

“Metallurg” – “Bunyodkor” 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 36 To‘xtasinov, 0:2 – 65 Mirahmadov

“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev (17. Muzaffarjon Muzafforov, 46), 7. Suhrob Nurulloyev (70. Sergey Tumasyan, 63), 10. Islom Isoqjonov, 11. Bahrom Abdurahimov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 28. Stanislav Andreyev, 55. Akbar Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev (18. Shavkat Mullajonov, 46), 85. Bahodir Pardayev.

“Bunyodkor”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islomjon Qobilov, 6. Anvar G‘ofurov, 7. Dilshod Ahmadaliyev, 8. Jasur Jaloliddinov (30.Abdulla Abdullayev, 81), 10. Xurshid G‘iyosov (11. Javohir Qahramonov, 78), 13. Lutfulla To‘rayev, 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Sanjar Qodirqulov (34.Suhrob Izzatov, 38), 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev.

Ogohlantirishlar: Qobilov (45+1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" Bekobodda "Metallurg"ni taslim etdi