07:10 / 26.05.2019
2 479

Vadim Abramov: "Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olyapmiz"

Vadim Abramov: "Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olyapmiz"
“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- “Metallurg” – jiddiy raqib. Shuni inobatga olgan holda mazkur bahsga jiddiy hozirlik olib borgan edik. Agar yutqazsak, musobaqa jadvalida pastga tushib ketishimiz mumkin edi. Zero musobaqa jadvalida jamoalar ancha yaqin joylashgan. Lekin biz bugungi bahsni o‘z foydamizga hal eta oldik. Raqibdan ustun ekanimizni namoyish etdik. Buning uchun yigitlardan juda ham minnatdorman. Ana endi chempionatda qisqa tanaffus yuzaga keladi. Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olyapmiz, - dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olyapmiz"