07:43 / 26.05.2019
2 618

Kanchelskis: "Maydonda ha deb cho‘zilib yotib olaverish – professional futbolchining ishi emas"

Kanchelskis: "Maydonda ha deb cho‘zilib yotib olaverish – professional futbolchining ishi emas"
“Navbahor” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirdi:

- Yana bir uchrashuvda 2 ochkoni shunchaki berib yubordik. Hakamlik borasida esa nima deyishga ham hayronman. Barchasi hakamning vijdoniga havola. Qolaversa, o‘yinchilar to‘p uchun kurashda boshiga to‘p tekkach, maydonda 5 daqiqalab cho‘zilib yotib olishyapti. Bu holat futbolchining o‘zi uchun uyatli vaziyat emasmi? Angliyada bunday holat uchun allaqachon bunday o‘yinchidan voz kechib yuborgan bo‘lishar edi. Bu – haqiqiy futbol emas. Maydonda ha deb cho‘zilib yotib olaverish – ish emasda. Xuddiki, raqqosalar maydonga chiqqandek. Agar kimnidir to‘p uchun kurashdan so‘ng tez yordam olib ketganda, tushungan bo‘lar edim. Natijada esa o‘yin vaqtini yo‘qotyapmiz. Uyat, - dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis: "Maydonda ha deb cho‘zilib yotib olaverish – professional futbolchining ishi emas"