09:43 / 26.05.2019
2 737

Ispaniya Kubogi: "Valensiya" finalda "Barselona"ni mag‘lub etdi (video)

Ispaniya Kubogi: "Valensiya" finalda "Barselona"ni mag‘lub etdi (video)
Ispaniya Kubogi finalidan o‘rin olgan "Barselona" – "Valensiya" uchrashuvi o‘z yakuniga tedi. “Benito Vilyamarin” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda valensiyaliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvni katalonlar ustunlikda boshlashdi, vaqt o‘tgani sayin valensiyaliklar ham faollikni oshirishdi. Birinchi bo‘lib gol urish “ko‘rshapalaklar”ga nasib etdi. 21-daqiqada uzoq davom etgan uzatishlardan so‘ng to‘p Kevin Gameyroga kelib tushdi, hujumchi jarima maydoni ichida Xordi Albani aldab o‘tdi va aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmay “Valensiya” ikkinchi golni urdi, Karlos Soler o‘ng qanotdan tezlik olib, Albani ortda qoldirdi va jarima maydoniga havodan uzatma amalga oshirdi. U yerda Rodrigo boshi bilan darvozaga to‘pni joyladi.

Ikkinchi bo‘limda ko‘k-anorranglilar bosimni oshirishdi, nominal mehmonlar esa qarshi hujumda harakat qilishdi. “Barsa”ning ketma-ket urinishlari 73-daqiqada o‘z samarasini berdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Kleman Langle boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi, uni Xaume bartaraf etdi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Lionel Messi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Qolgan daqiqalar katalonlarning kuchli bosimi ostida o‘tdi, biroq "Valesiya" futbolchilari qarshi hujumda ikki bor yuz foizlik imkoniyatga ega bo‘lishdi. Dastlab darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Gonsalu Gedesh mo‘ljalda adashgan bo‘lsa, oradan sal o‘tib portugaliyalik futbolchi uzoq masofadan bo‘sh darvozani poylay olmadi. Shu bilan birga Ernesto Valverde shogirdlari ham vaziyatni o‘nglay olmadilar.

Shu tariqa, “Valensiya” o‘z tarixida sakkizinchi bor Ispaniya Qiroli Kubogini qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor jamoa 2008 yilda ushbu sovringa ega chiqqandi.

Ispaniya Kubogi, final

Barselona – Valensiya 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar:
0:1 – 21 Gameyro, 0:2 – 33 Rodrigo, 1:2 – 73 Messi.

Barselona – Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Koutino, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi.

Valensiya– Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72).
Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89).
***
Gameyroning golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya Kubogi: "Valensiya" finalda "Barselona"ni mag‘lub etdi (video)