21:42 / 26.05.2019
2 464

Mirjalol Qosimov: "Barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapmiz, rahbariyatdan iste’fo so‘rayman"

Mirjalol Qosimov: "Barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapmiz, rahbariyatdan iste’fo so‘rayman"
“Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Nechanchi o‘yindirki, birinchi bo‘limni u qadar muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o‘yinlarda, safarda ham birinchi bo‘limda umuman o‘yinimiz qovushmadi. Qolaversa, ko‘plab o‘yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuboryapmiz. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bugun “Paxtakor” jamoasi haqli tarzda g‘alaba qozondi. Nimagadir o‘yinimiz barqaror ko‘rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste’fo so‘rayman, - dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapmiz, rahbariyatdan iste’fo so‘rayman"