23:50 / 26.05.2019
3 433

Kuper O‘zbekiston termasining Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi tarkibini qachon e’lon qiladi?

Kuper O‘zbekiston termasining Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi tarkibini qachon e’lon qiladi?
O‘zbekiston MTJning iyun oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati Superliganing 10-turidan keyin e’lon qilinadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning iyun oyida 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Dastlab, 2 iyun kuni Alanya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi, keyin esa 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 28 may kuni Toshkentda yig‘inga kirishadi. Mazkur yig‘inga jalb qilingan futbolchilar nomi Coca Cola Superliganing 10-turidan keyin 27 may dushanba kuni e’lon qilinadi.

Chunki shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadigan tur uchrashuvlarida milliy terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar jarohat olishib qolishi va boshqa kutilmagan holatlar ro‘y berishi mumkin. Shu sababli Ektor Kuper to‘liq ro‘yxatni e’lon qilish uchun Superliganing 10-turi yakuniga yetishini kutishga qaror qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may kuni Toshkentda boshlanadigan yig‘in davomida "Sity Palace" mehmonxonasida joylashib, "Jar" stadionida mashg‘ulot olib boradi. 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab Turkiyaga yo‘l oladi. U yerda 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o‘yingohida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig‘inni davom ettirishadi.

7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 12 iyun kuni esa yig‘in yakuniga yetadi va terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar o‘z klublariga qo‘yib yuboriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuper O‘zbekiston termasining Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi tarkibini qachon e’lon qiladi?