Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 8 iyun kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur jang Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uning raqibi noma’lum. Isroil shu kuni o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.
Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 34 ta nokaut) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19 ta g‘alaba, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi