10:55 / 30.05.2019
2 962

«Barselona»ni 12 nafar futbolchi tark etishi mumkin

«Barselona»ni 12 nafar futbolchi tark etishi mumkin
«Barselona» yozgi transferlar vaqtida qator futbolchilaridan voz kechishi mumkin.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, jamoani Kevin-Prins Boateng va Jeyson Murilo tark etishi aniq. «Barsa» ularning ijara shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi emas. Shuningdek, Tomas Fermalen va Duglas ham klubni tark etadi, ularning shartnomasi muddati 30 iyun kuni yakunlanadi va bu shartnomalar uzaytirilmaydi.

Jamoani ikkinchi darvozabon Yasper Sillessen ham tark etmoqchi, ammo «Benfika»ning 12 million yevrolik taklifi «Barsa»ni qanoatlantirmayapti - klub niderlandiyalik futbolchi transferidan 25 million yevro ishlab olmoqchi. Samyuel Yumtiti esa faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.

Shuningdek, «Barselona» Ivan Rakitichni sotib, uning transferidan keladigan mablag‘larni yangi transferlar uchun yo‘naltirishni mo‘ljallagan. Bundan tashqari, o‘z o‘yinlari bilan murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldira olmayotgan Filippe Koutino va Malkom ham ketishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda «Everton»da ijarada bo‘lgan Andre Gomesh premer-liganing bir necha klublaridan takliflar olgan. Rafinya va Denis Suares ham murabbiylarning yangi mavsum uchun rejalarida yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ni 12 nafar futbolchi tark etishi mumkin