13:22 / 31.05.2019
4 048

O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasidagi 1 ta kvotadan mahrum bo‘ldi

O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasidagi 1 ta kvotadan mahrum bo‘ldi
Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi.

O‘zbekiston klublari bu yilgi musobaqada muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi. Olmaliqning OKMK klubi saralash bosqichidan o‘tolmagan bo‘lsa, Toshkentning «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublari guruhda qolib ketishdi.

Natijada, O‘zbekiston klublari OFK reytingi uchun juda kam ochko jamg‘arib, Iroq vakillaridan o‘zib keta olishmadi. Bu esa qit’amizning nufuzli musobaqasidagi kvotalarimiz soni kamayganini anglatadi.

Endi, 2021 yildan boshlab O‘zbekistonning OChLdagi kvotalari 1+1 ko‘rinishini oladi. Ya’ni 1ta klub Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, yana 1 klub saralash musobaqasida ishtirok etadi.

2020 yilgi musobaqa uchun avvalgi kvota o‘zgarmasdan qoladi – 1+2. Ya’ni, O‘zbekiston chempioni OChLdagi ishtirokini guruh bosqichidan, Superligada 2-o‘rinni egallagan jamoa va Kubok sohibi esa saralash bosqichidan boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasidagi 1 ta kvotadan mahrum bo‘ldi