08:55 / 01.06.2019
1 992

Liga Kubogi. “Nasaf” o‘zida “Navbahor”ni tor-mor keltirdi, “Bunyodkor” Bekobodda yutqazdi

Liga Kubogi. “Nasaf” o‘zida “Navbahor”ni tor-mor keltirdi, “Bunyodkor” Bekobodda yutqazdi
O‘zbekiston Liga Kubogining 1-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Metallurg” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qildi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalarining qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Sergey Proxorov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va mana shu to‘p amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Yana bir uchrashuv Qarshida bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” klubi “Navbahor” bilan o‘ynadi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 21-daqiqada Humoyun Murtozayev namanganliklar darvozasini ishg‘ol qildi, oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Murtazoyev dublini nishonadi. Mazkur gollar urilganidan ko‘p o‘tmay Aziz Ibragimov hissiyotlarini jilovlay olmadi va raqib futbolchisini turgani uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Umar Eshmurodov penaltini aniq bajarib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 80-daqiqada mehmonlarda ikkinchi chetlatish ro‘y berdi. G‘iyos Komilov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Xudoyoxon Sa’dullayev jamoasining tshrtinchi golini urdi.

“Metallurg” – “Bunyodkor” 1:0 (1:0, 0:0)
Gol:
0:1 - 10, avtogol Proxorov.

“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 9. Mahmud Qudratullayev (15. Zohid Abdullayev, 46), 11. Bahrom Abdurahimov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 19. Doniyor Usmonov (7. Suhrob Nurulloyev, 67), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreyev, 33. Odilbek Abdumajidov (77. Muhammad Isayev, 71), 55.Akbarjon Ismatullayev, 70. Sergey Tumasyan.

“Bunyodkor”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Kemran Najafaliyev (7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 43), 4. Sergey Proxorov, 13.Lutfulla To‘rayev, 20. Vladislav Nuriyev, 23. Sanjar Rixsiboyev (9. Sardorbek Azimov, 59), 26. Ulug‘bek Abdullayev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 48. Valeriy Akopov (11. Javohir Qahramonov, 67).
Ogohlantirishlar: Qahramonov (27), Isayev (78).

“Nasaf” – “Navbahor” 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 - 21 Murtozayev, 2:0 - 22 Murtozayev, 3:0 50, penalta Eshmurodov, 4:0 – 89 Sa’dullayev.

"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, Humoyun Murtozayev, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Doniyor Narzullayev (Xudoyoxon Sa’dullayev, 77), Bobir Davlatov (Sardor Sa’dullayev, 77), Sardor Abduraimov, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov, Sherzod Nasrullayev, Umar Eshmurodov.

"Navbahor": Mirzohid Mamatxonov, Aziz Ibragimov, Slavko Lukich (Mirzohid G‘ofurov, 56), Shahzod Shaymanov, Bahodir Nasimov, Igor Golban, Xojiakbar Yunusov, Abdujamol Isroilov, G‘iyos Komilov, Ulug‘ek Aknazarov (Shohruhmirzo Ahmadaliyev, 46), Zafar To‘rayev.

Ogohlantirishlar: Mozgovoy (23), Komilov (49), Isroilov (84).
Chetlatishlar: Ibragimov (23), Komilov (80).

Manba: Uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liga Kubogi. “Nasaf” o‘zida “Navbahor”ni tor-mor keltirdi, “Bunyodkor” Bekobodda yutqazdi