18:48 / 01.06.2019
2 925

WBA reytingida Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov yuqoriga ko‘tarildi

WBA reytingida Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov yuqoriga ko‘tarildi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik ikki bokschi Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) va Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar berdi GoSport.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov may oyi uchun chiqarilgan reytingda aprel oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15 talikni tark etgandi.

Ma’lumot uchun, Shahram aprel oyi so‘ngida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) ham yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar Madrimov bir pog‘ona yuqorilab, mart oyida bo‘lgani kabi 6-pog‘onaga qaytdi.

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) o‘tgan oydagi kabi ikkinchi o‘rinda, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinda qolgan. Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBA reytingida Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov yuqoriga ko‘tarildi