15:37 / 02.06.2019
2 584

Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev JChda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev JChda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
1-8-iyun kunlari Fiji davlatining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilayotgani haqida xabar xabar bergan edik.

O‘tgan yili poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritgan Adhamjon Ergashev bugun chempionlikni munosib himoya qila oldi.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan yilning kuzida xalqaro federatsiya vazn toifalarini o‘zgartirishga qaror qilgan edi. Shunday qilib Ergashev jahon chempionatida birinchi marta -67 kg guruhida shohsupaga ko‘tarildi. U o‘zining eng yaqin ta’qibchisi, kumush medal sohibi turkiyalik Muhammad Furqon O‘zbekni 7 kilogrammga ortda qoldirdi.

Yengil vaznlarda bunday farq yetarlicha katta ustunlik hisoblanadi. Yana bir ahamiyatli jihati dast ko‘tarishda ham siltab ko‘tarishda ham raqiblariga imkoniyat qoldirmagan Adhamjon 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vazn toifasi bronza medali rossiyalik Zulfat Garayevga nasib etdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati natijalari:

Erkaklar, -67 kg.:
1. Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) – 314 kg (141 kg + 173 kg)
2. Muhammad Furqon O‘zbek (Turkiya) – 307 kg (135 kg + 172 kg)
3. Zulfat Garayev (Rossiya) – 300 kg (137 kg + 163 kg)

Eng muhimi Adhamjon Ergashev Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev JChda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi