08:48 / 03.06.2019
2 884

Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o‘yinimizda o‘zgarish bor deya olaman"

Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o‘yinimizda o‘zgarish bor deya olaman"
Foto: championat.asia
Turkiya - O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.
Milliy terma jamoamiz navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Turkiyaga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Bu o‘yin biz uchun muhim edi, chunki Turkiya kuchli terma jamoalar qatoriga kiradi hamda FIFA reytingida kuchli 30talikdan joy olgan. Biz kuchli raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik, ba’zi vaziyatlarda yaxshi o‘ynadik ham. Albatta, e’tibor qilishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. O‘tkazib yuborilgan ikkita gol standart vaziyatdan so‘ng ro‘y berdi. Demak, bu borada ko‘proq ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Yakuniy natijadan xursand emasman, ammo o‘yinimizda o‘zgarish bor deya olaman.

- Turkiya navbatdagi uchrashuvni Fransiyaga qarshi o‘tkazadi. Bugungi bahsdan kelib chiqib Turkiyaning o‘yinini qanday baholaysiz?
- Jahon chempioniga qarshi bahs oson kechmaydi. Ammo Turkiya harakat qilsa natijaga erishishi mumkin. Bugun o‘rtoqlik uchrashuvi edi, ammo Fransiya bilan o‘yin rasmiy maqomda bo‘ladi. Bugungi raqib menga yoqdi, jamoangiz pressingni va hujumlarni yaxshi amalga oshirdi. Yaxshi tayyorgarlik bilan Fransiyani yutsa bo‘ladi.

- Bugun O‘zbekiston terma jamoasi hujumida xilma-xillik ko‘rinmadi. Hamma faqat Eldor Shomurodovni qidirish bilan ovora bo‘ldi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
- Men butunlay boshqacha fikrdaman. Jamoa u qadar yomon o‘ynamadi. Faqat raqib pressing qilganda buzib o‘ta olmadik. Futbolni ozgina sabr qilib o‘ynash kerak, biz esa sal shoshildik. Chunki biz birinchi marta shunday pressing qiladigan jamoaga qarshi o‘ynadik.

- Quvondiq Ro‘ziyev haqida nima deya olasiz?
- Uning o‘yinidan qoniqdim. U o‘z qanoti bo‘ylab juda yaxshi o‘tishni amalga oshirdi. Menga bu uchrashuvda yoqmagan jihati ikkala gol ham standart vaziyatdan so‘ng urildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: "Natijadan xursand emasman, lekin o‘yinimizda o‘zgarish bor deya olaman"