17:43 / 03.06.2019
2 800

«Real» bu haftada uch futbolchi transferini hal qilmoqchi

«Real» bu haftada uch futbolchi transferini hal qilmoqchi
«Real» transfer bozorida faol ish olib bormoqda.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubidagilar joriy haftada yarimhimoyachi Eden Azar («Chelsi»), hujumchi Luka Yovich («Ayntraxt») va himoyachi Ferlan Mendi («Lion») xaridlari bo‘yicha ishlarni yakunlashni rejalashtirmoqda.

Bosh murabbiy Zinedin Zidan bu futbolchilar jamoaning 8 iyul kuni boshlanadigan mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inida hozir bo‘lishini istamoqda.

Eden Azarning transferi borasidagi muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilgan, tomonlar 110 million yevro va 15 million yevrolik bonuslar bo‘yicha kelishib olishgan. Belgiyalik vinger transferi yaqin soatlarda e’lon qilinishi ham mumkin.

Serbiyalik hujumchi Luka Yovich xaridi yuzasidan harakatlar kichik tanaffusdan so‘ng yana jonlangan. Futbolchining o‘zi bilan bitim shartlari kelishib olingan, «Ayntraxt» 65-70 mln yevro evaziga asosiy to‘purarini qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

Fransiyalik himoyachi Ferlan Mendi transferi bo‘yicha esa «Lion» bilan kelishib olinishi zarur bo‘lgan kichik detallargina qolgan, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» bu haftada uch futbolchi transferini hal qilmoqchi