08:08 / 04.06.2019
3 533

O‘zbegimni sharmanda qilmang, janob Kuper!

O‘zbegimni sharmanda qilmang, janob Kuper!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bizga kuchli termalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari nimaga kerak edi? Borimiz shu deysizmi? Yo‘q, bizda kuchli, iqtidorli futbolchilar aslida yetarli. Turklar bilan o‘yinda yevropaliklar go‘yo ochiqchasiga bizdan kuchlidek. Aslida futbolchilarga motivatsiya, o‘zlariga bo‘lgan ishonch yetishmadi. Termamizga kuchli, tajribali murabbiy shart emas. Ularga motivatsiya va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni bera oladigan murabbiy kerak. Biz ko‘rganmiz Vadim Abramov davrida o‘sha ishonch-u, motivatsiyalarni. O‘sha biz bilan o‘yinlarda, xavotirga tushgan Yaponiya, Janubiy Koreya termalarini ezib yurishardi va hozir ham buni uddasidan chiqa olishadi. Farq esa, hozir yaponlar ham, koreyslar ham bizdan qo‘rqmay qo‘yishdi.

Bizga raqibdan hayiqib, yoshbolalarcha xatolarga yo‘l qo‘yadigan o‘yin uslubi kerak emas.

Yaxshiyam-ki, turklar penaltidan gol ura olishmadi va bir qator vaziyatlardan foydalana olishmadi. Umuman bor kuch, mahorat bilan oldinga intilavermay, xotirjam futbol o‘ynashdi. Aks holda sharmanda bo‘lishimiz turgan gap edi. Biz ko‘rganmiz bu yigitlarimiz bundan-da, yaxshi o‘ynay olishlarini. Ammo Turkiyadan, Yevropa bo‘lgani uchunmi, cho‘chib o‘ynashdi. Bu yigitlarga motivatsiya bering o‘zlarini ko‘rsatishadi. Bu Turkiyangizni asosiy futbolchilarini maydonga tushirishga majbur qilib qo‘yishardi.

To‘g‘ri, kimgadur Gvardiola, kimgadur Mourinioning o‘yini yoqadi. Bu normal holatligi ham to‘g‘ri. Ammo yana bir masala bor-ki, Samvel Babayan uslubi kimgadur yoqishiga ishonmayman. Shu qatorda Kuperning uslubi ham millionlab ishqibozlarga xush kelmayapti. Ertaga Babayanning kuni boshimizga tushmasin. O‘zbegimni sharmanda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. O‘zbekiston buyuk va betakror yurt, millat bilan o‘yinda Turkiya kabi jamoalar mashg‘ulot o‘tagandek sharmanda qilishlariga yo‘l qo‘ymang.

Bular haqida aytgim, yozgim kelmaydi. Dilim, qalbim va Vatanga bo‘lgan muhabbatim tinchlik bermaydi. Bitishga ulgurmagan yaralar, mana bunday o‘yinlardan keyin og‘riq, qiynoq beradi va miyadan qo‘rqinchli xayollar o‘tadi.

Botir Mahkamov

Manba: Sports.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbegimni sharmanda qilmang, janob Kuper!