21:43 / 04.06.2019
3 307

Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Ligasida o‘ynaydi

Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Ligasida o‘ynaydi
Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasi (OXL) a’zosiga aylandi.

Sochi shahrida OXL klublarining rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonning «Humo» klubi rasman tanishtirildi. Jamoa 2019/20 mavsumidan boshlab OXLda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Klub taqdimoti O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveyev va «Humo» klubining bosh menejeri Normunds Seyeys tomonidan o‘tkazildi. Yangi mavsumda jamoani rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Popixin boshqaradigan bo‘ldi.

OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental Xokkey Ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Ligasida o‘ynaydi