23:50 / 04.06.2019
4 201

Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi

Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi
UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik yakkakurashchi Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jang UFC 242 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib uchun ushbu jang chempionlik unvonining ikkinchi marta himoyalashi bo‘ladi. Bundan avvalroq u 2018 yil 6 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, kamarini himoyalay olgandi.

Habib chempionlik kamarini 2018 yil 7 aprelda amerikalik El Yakvintani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan. Hozirda dog‘istonlik yakkakurash jangchisining hisobida 27 ta jangdan 27 ta g‘alaba bor.

30 yoshli Pore 31 ta jang o‘tkazib, undan 25 tasida qo‘li baland kelgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi yana bir jang bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. Pore oxirgi o‘tkazgan 5 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi