09:30 / 09.06.2019
3 092

Isroil Madrimov meksikalik raqibini nokautga uchratdi

Isroil Madrimov meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) navbatdagi jangida ham muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tgan jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan reyting jang Isroil Madrimovning to‘liq ustunligida kechdi. 6-raundga kelib Isroil tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan so‘ng hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi va texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa, Madrimov professional ringdagi uchinchi jangida ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bungacha u meksikalik Vladimir Ernandesni (10-2, 6KO) va venesuelalik Frenk Roxasni (24-3, 23 KO) ikkinchi raunddayoq polga qulatgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov meksikalik raqibini nokautga uchratdi