13:50 / 09.06.2019
2 800

"Buxoro"ga tojikistonlik murabbiy keldi

"Buxoro"ga tojikistonlik murabbiy keldi
Xabaringiz bor "Buxoro" Baxtiyor Ashurmatovning iste’fosidan so‘ng o‘ziga yangi murabbiy qidirayotgan edi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha muzokaralar davomida sobiq futbolchi (Rossiyaning Lokomotiv, Spartak hamda Turkiya, Avstriya va O‘zbekiston jamoalarida to‘p surgan. O‘zbekiston chempionatida bir mavsum da eng ko‘p gol urgan ligonerlar reytingida rekordchi, 26ta gol), o‘zbek futboliga begona bo‘lmagan, "Buxoro" muxlislariga ham tanish bo‘lgan tojikistonlik murabbiy Muhsin Muhammadiyev nomzodiga to‘xtaldi.

Muhsin Muslimovichning murabbiylik faoliyati haqida:

2003-2008-yillar mobaynida Rossiyaning Podolsk shahri "Vityaz" futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan va bosh murabbiy sifatida ushbu klub bilan 2007-yili ikkinchi divizion g‘olibi va PFL kubogi soxibi. So‘ng Muhsin Muslimovich Qozon shahrining "Rubin" jamoasida to‘rt yil sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan (2008-2009-yillar "Rubin" jamoasi Rossiya chempionati g‘olibi). 2013-yil Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi hamda 2016-2017- yillar davomida "Istiqlol" jamoasi bilan Tojikiston chemppioni.

Bugun murabbiy Buxoroga yetib kelishi hamda klub bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Buxoro" Superliganing ortda qolgan 10ta turidan so‘ng 13-pog‘onani egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro"ga tojikistonlik murabbiy keldi