21:58 / 09.06.2019
2 717

Lempard "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Lempard "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo‘ldi
"Chelsi" sobiq futbolchisi, hozirda murabbiy faoliyatini boshlagan Frenk Lempard "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo‘ldi.

40 yoshli mutaxassis ayni kunlarda hordiq chiqarayotgan edi. Ammo "aristokratlar" bilan muzokara olib borish uchun ta’tildan erta qaytishga majbur bo‘lgan. Ingliz nashrlari uning kelgusi haftada "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi haqida yozishmoqda.

Lempard rahbariyat bilan murabbiylar shtabi va yangi mavsum rejalarini shakllantirib olgan. U tarkibni yoshartirishga bel bog‘lagan.
Ma’lumot uchun, Lempard futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi" safida 429 ta o‘yin o‘tkazgan va 147 ta ta to‘p kiritishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lempard "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo‘ldi