21:20 / 09.06.2019
2 333

O‘zbekiston olimpiya termasi Misr termasini mag‘lub etdi

O‘zbekiston olimpiya termasi Misr termasini mag‘lub etdi
O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Sog‘lom Avlod” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Bobur Abduxoliqov jamoamizning qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Aziz G‘aniyev jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, o‘yinga chiroyli nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuvda vakillarimizning g‘alabasi bilan tugadi.

O‘zbekiston OTJ – Misr OTJ 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 32 Abduxoliqov, 2:0 – 90+3 G‘aniyev.

O‘zbekiston: 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Dilshod Saitov, 8.Nurillo To‘xtasinov (23.Oybek Bozorov, 85), 10.Bobir Abdixoliqov (7.Sharof Muhitdinov, 74), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.Shohruh Abdurahmonov, 90+1), 15.Oybek Rustamov (6.Aziz G‘aniyev, 62), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov.

Misr: 1. Umar Saloh, 4.Jalol Usama (15.Reda Sherif, 46), 5.Abdul Salom Muhammad, 6.Sobir Mahmud, 8.Mohir Nosir (14.Hamdi Ahmad, 66), 11.Muhammad Mustafo (24.Mansi Nosir, 76), 12.Tavfiq Akrom, 17.Ramazon Ahmad, 18.Sobir Muhammad (3.Ayman Ahmad, 82), 19.Hamdi Ammar, 20.Ashur Imom (10.Yosir Ahmad, 46).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya termasi Misr termasini mag‘lub etdi