23:15 / 11.06.2019
2 913

"Maydon, Shomurodov, Ahmedov" yoxud Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani

"Maydon, Shomurodov, Ahmedov" yoxud Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani
"Bugun bizning o‘yinda ham yaxshi, ham yomon jihatlarni ko‘rdim. Birinchi bo‘limda biz rejalashtirgan narsamizni amalga oshira olmadik va bu yoqmadi. Bunga gollar ham ta’sir etdi. Ikkinchi taymda esa pressingni amalga oshirdik. Bu balki o‘xshagandir, balki yo‘q, lekin eng muhimi biz barcha futbolchilarni sinab ko‘rdik. Yoshlarga imkoniyat berdik. Bu ham qo‘shimcha mas’uliyat talab etadi. Lekin umumiy qilib aytganda menga o‘yin yoqdi.

Keyingi bellashuvimiz saralash bosqichi doirasida bo‘ladi va umuman, ushbu yig‘indan ko‘nglim to‘ldi. O‘ylagan narsalarimizni amalga oshira oldik hamda tanaffusga mamnun holda yo‘l olyapman.

Maydonni bir hafta oldin ko‘rgan edim. Yaxshi ko‘ringan edi, ammo men maydon bo‘yicha ekspert emasman. Aslida men hech bir sohada ekspert emasman. Ammo o‘yin oldidan chim ko‘chishidan xavfsiragan edik. Biroq bu bahona bo‘la olmaydi. Boisi har ikkala jamoa bir xil sharoitda o‘ynadi.

Menimcha, maydon saralash o‘yinlariga qadar ideal holatga keladi. Chunki biz buni sinab ko‘rdik. O‘yin vaqtida chim ko‘chib ketdi. Lekin umid qilamanki, buni to‘g‘rilashadi. Bunga ikki oy yetadimi yoki yo‘q buni bilmadim. Oson ish emas har xolda.

Tarkib masalasida asoslar bor. Doim o‘zgarishlar qilishga harakat qilamiz, ammo bu o‘zini oqlamaydigan holatlar bo‘lishi mumkin. Menda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarni maydonga tushirish uchun 45 daqiqa vaqt bor edi. To‘g‘ri, barcha o‘ynamadi, darvozabonlar qolib ketdi. Lekin bizda tarkib borasida asos bor. Yana o‘yinlarni kuzatisha davom etamiz. Sentyabrgacha yana yangi futbolchilar paydo bo‘lishi mumkin. Bugun maydonda to‘p surgan futbolchilar sentyabrda ham termaga chaqiriladi deya olmayman.

Turkiyaga qarshi o‘yinga nisbatan futbolchilar xotirjamlikka berilishdi. Nega faqat Shomurodovga to‘p uzatilaveradi? Bu natija berib turgan bo‘lsa nega o‘zgarish qilishim kerak?

Ahmedov? Menimcha uning jamoamizga hali ko‘p foydasi tegadi. Kimgadir u yoqmasligi mumkin. Biroq uning o‘yinlari meni qoniqtirmoqda va qachonki bu jihat bo‘lmasa, uni o‘zgartiramiz. Almashtirilmaydigan futbolchilar yo‘q", - dedi Kuper.

Shahzod Xolboyev

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Maydon, Shomurodov, Ahmedov" yoxud Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani