22:12 / 11.06.2019
3 026

Suriya termasi ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Suriya termasi ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fajr Ibrohim uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi raqibni navbatda g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zbekiston terma jamoasining bundan oldingi ikki o‘yinini ko‘rgan edim va jamoamangiz jismoniy tayyorgarlik va himoya jihatdan kuchli ekanligini kecha ta’kidlagan edim.

Bugun himoyachilarimizning individual tarzda yo‘l qo‘ygan xatolari qimmatga tushdi. O‘tkazib yuborilgan har ikkala gol ham aynan shuning mahsuli bo‘ldi.

Maydon holati yomon emas. Maydonga yotqizilgan chim hali maromiga yetmagan, boisi yaqinda urug‘ qadalgan ekan va vaqt o‘tgach ideal holatda kelsa kerak", - dedi murabbiy.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya termasi ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?