22:55 / 11.06.2019
2 573

O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Misrni mag‘lub etdi

O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Misrni mag‘lub etdi
O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda vakillarimiz g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinni vakillarimiz faol boshlashdi va qator hujumlar tez orada o‘z samarasini berdi. 17-daqiqada mehmonlar himoyachisi Nurillo To‘xtasinovga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Natijada belgilangan penaltini Islom Qobilov aniq ijro etdi.

58-daqiqada Bobir Abduxoliqov tomonidan oshirilgan to‘pni Aziz G‘aniyev uzoq masofadan darvozaga aniq yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi. 65-daqiqada Abduxoliqovning o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida misrliklar ikkita gol urishga erishdilar, 81-daqiqada Ahmad Yossir jamoasining chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida Muhammad Salom burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozamizga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, vakillarimiz ikkinchi o‘yinda ham g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston OTJ – Misr OTJ 3:2 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 17, penalti Qobilov, 2:0 – 58 G‘aniyev, 3:0 – 65 Abduholiqov, 3:1 – 81 Yossir, 3:2 – 90+4 Salom.
O‘zbekiston OTJ: 1.Umid Ergashev, 2.Islom Qobilov, 5.Dilshod Saitov, 6.Aziz G‘aniyev (4.Abdulla Abdullayev, 89), 7.Sharof Muhitdinov, 8.Nurillo To‘xtasinov (17.Jasur Jaloliddinov, 83), 10.Bobir Abdixoliqov (9.Asadbek Sobirjonov, 70), 11.Mirjahon Mirahmadov (13.Shohruh Abdurahmonov, 90), 14.Abror Ismoilov, 20.Husniddin G‘ofurov, 22.Sanjar Qodirqulov (3.Abbos G‘ulomov, 75).

Misr OTJ: 23.Muhammad Sobhi, 2.Karim Yahyo (25.Ahmad Said, 46), 4.Osama Jalol, 6.Muhammad Sobir (3.Muhammad Ayman, 73), 8.Nosir Maher, 11.Mustafo Muhammad, 17.AHmad Ramazon, 18.Muhammad Sodiq (5.Muhammad Abdulsalom, 31), 19.Ammar Hamdi, 22.Salah Muhsin, Muhammad G‘anan.
Zaxira: 1.Omar Valil, 16.Omar Salah, 20.Imom Ashur, 7.Ahmad Yusuf, 10.Ahmad Yosir, 14.Ahmad Hamdi, 15.Sherif Reda, 24.Nosir Mansi, 9.Omar Xolid, 12.Akram Tavfiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Misrni mag‘lub etdi