15:09 / 13.06.2019
3 522

Ravshan Ermatov O‘FAning birinchi vitse-prezidenti bo‘lishi aytilmoqda

Ravshan Ermatov O‘FAning birinchi vitse-prezidenti bo‘lishi aytilmoqda
FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda «GoSport.uz» ishonchli manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘FA ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko‘rsatilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o‘zbek futboliga O‘FAda birinchi vitse-prezidenti javob beradi.

Sal oldinroq, Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketganligi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov O‘FAning birinchi vitse-prezidenti bo‘lishi aytilmoqda