16:16 / 13.06.2019
3 376

Habib eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi

Habib eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi
Foto: Google Images
UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toni Fergyuson hamda Jorj Sen-Per bilan jang qilishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Sport-Ekspress»ga tayanib Daryo xabar berdi.

«Sen-Per? U qaytadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lekin bu men yozayotgan tarixda muhim voqelik bo‘lar edi. Men Dastin, Toni Fergyuson va Jorj Sen-Perni yutishim shart. Shundagina har qanday vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli bo‘laman» — dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sen-Per faoliyatini tugatganligi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 7 sentyabr kuni Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi