09:13 / 14.06.2019
3 566

Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida raqibni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida raqibni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)
Foto: Twitter/@GoldenBoyBoxing
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (1-0, 1 KO) debyut jangini o‘tkazdi.

Los-Anjelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

Qayd etish lozim, argentinalik bokschi uzoq vaqt o‘ziga kela olmay o‘rnida tura olmadi. Shunday qilib Meliqo‘ziyev o‘zining debyut jangida g‘alaba qozondi.


Foto: Twitter/@GoldenBoyBoxing
Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. GoSport.uz internet-nashri ma’lumotiga ko‘ra, uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.

Foto: Twitter/@GoldenBoyBoxing

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev debyut jangida raqibni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video)