00:23 / 15.06.2019
3 344

Ravshan Ermatov: "Futbolimizdagi og‘ir holatni bilib turib, tomoshabin bo‘lish vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi"

Ravshan Ermatov: "Futbolimizdagi og‘ir holatni bilib turib, tomoshabin bo‘lish vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi"
FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘FA Birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o‘z nomimdan katta rahmat aytaman.

Ochig‘i bu yerda turishdan ko‘ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda (kuladi). Lekin futbolimiz oldida turgan og‘ir, jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo‘lib turish, ona vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko‘rishim va vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Albatta futbol bu jamoaviy o‘yin.

Agarda barchamiz birlashib, ahil bo‘lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo‘lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz", - deydi O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov: "Futbolimizdagi og‘ir holatni bilib turib, tomoshabin bo‘lish vijdonimga aslo to‘g‘ri kelmaydi"