19:50 / 15.06.2019
2 749

Jahon chempionatida ishlagan mutaxassis O‘FAga qaytdi

Jahon chempionatida ishlagan mutaxassis O‘FAga qaytdi
Yaqinda O‘FAdan ketgan, ko‘p yillardan buyon sobiq O‘FF va yangilangan O‘FAda ishlagan yetakchi mutaxassis Olim Arifov yana ishga qaytgan.
Kecha ijroqum yig‘ilishida O‘FA boshqaruviga saylangan Ravshan Ermatov turli terma jamoalar bosh murabbiylari bilan uchrashib, oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlikning barcha masalalarin muhokama qilingan.

O‘FAning vaqtincha vitse-prezidenti etib saylangan Ravshan Ermatovga terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashuv chog‘ida ko‘p yillar tashkilotda yetakchi mutaxassis bo‘lgan Olim Arifov ham hamroxlik qilgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Ravshan Ermatov ishni O‘FAdan ketib qolgan tajribali, malakali mutaxassislarni tashkilotga qaytarish bilan boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Olim Arifov O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgandi. Ma’lum tanaffusdan keyin tashkilotga qaytgan Arifov o‘tgan yili yozda Rossiyada o‘tgan mundialda komissar sifatida ishlagan ilk o‘zbek mutaxassisiga aylangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatida ishlagan mutaxassis O‘FAga qaytdi