21:00 / 15.06.2019
2 437

"Lokomotiv" o‘z maydonida "Surxon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

"Lokomotiv" o‘z maydonida "Surxon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Sosa Sola Superligada 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Amaldagi chempion "Lokomotiv" Toshkentda "Surxon" bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvni mezbonlar faol boshladi. 16-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni ochdi. 27-daqiqaga kelib Yovan Jokich olis masofadan Asilbek Amanov darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda "temiryo‘lchilar" Arslonmurod Amanov va Temurxo‘ja Abduxoliqovlar tomonidan kiritilgan gollardan so‘ng hisobni 4:0ga keltirdi. Bunga esa "Surxon" safida Abbosbek Maxstaliyev bir marotaba javob qaytardi. 88-daqiqaga kelib esa Azizbek Omonov yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa "Lokomotiv" Superliga debyutanti ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Sosa Sola Superliga, 11-tur

“Lokomotiv” – “Surxon” 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 16 To‘xtaxo‘jayev, 2:0 – 27 Jokich, 3:0 – 67 Amanov, 4:0 – 73 Abduxoliqov, 4:1 – 79 Maxstaliyev, 5:1 – 88 Omonov 88.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Igor Yelich, Azizbek Haydarov (Azizbek Amonov, 46), Jamshid Iskanderov, Arslanmirat Amanov (Diyor Turopov, 72), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Javohir Alijonov, 80).
"Surxon": Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Ayubxon No‘’monov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov (Abbosbek Maxstaliyev, 66), Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov (Azamat Allaniyazov, 69), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" o‘z maydonida "Surxon"ni yirik hisobda mag‘lub etdi