21:30 / 15.06.2019
3 219

"Dinamo" futbolchilari to‘rtta gol urib, "Qo‘qon-1912" bilan durang o‘ynashdi

"Dinamo" futbolchilari to‘rtta gol urib, "Qo‘qon-1912" bilan durang o‘ynashdi
O‘zbekiston chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Dinamo" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuv ikki tomonning faolligida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib maydon egalari oldinga o‘tib olishdi. 20-daqiqada Bobur Qosimov burchakdan uzatilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Suxrob Berdiyev jarima maydoniga yorib kirgan Mirkomil Laqoyevni ushlab qoldi. Penaltini Jasur Azimov aniq bajardi.

28-daqiqada bu safar Murod Xolmuhammedov o‘z jarima maydoni ichida qo‘pol harakat qildi, Azimov esa 11 metrlik jarima zarbasini yana aniq ijro etdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki soniyalaridayoq mezbonlar hisobni tenglashtirishdi, Quvondiq Ro‘ziyevning jarima maydoniga uzatgan to‘pini Loqayev o‘z darvozasiga to‘g‘rilab yubordi. Qolgan vaqtda jamoalar harchand harakat qilishmasin hisob o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa, “Dinamo” ochkolarini 15 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qo‘qon 1912” klubi (7) esa so‘nggi pog‘onada qoldi.

Sosa Sola Superliga, 11-tur

“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar:
1:0 – 20, avtogol Qosimov, 1:1 – 23, penalti Azimov, 1:2 – 28, penalti Azimov, 2:2 – 46, avtogol Loqayev.

“Qo‘qon-1912”: 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov (22. Shaxboz Erkinov, 61), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (17. Bexruz Sadilloyev, 71), 14.Avaz Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiyev, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.Temur Usmonov (13. Javohir Esonqulov, 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 65.Marko Milich, 70.Murod Xolmuhammedov.

“Dinamo”: 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Xakimxon A’lamxonov, 7.Jasur Azimov, 11.Qadamboy Nurmetov (10. Amir Safarov, 46), 16.Bobur Qosimov, 21.Damir Temirov (20. Siroj Hamroyev, 70), 23.Sardorbek Eminov (9. Nizom Norov, 90), 24.Jasurbek O‘rinov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shoxruhbek Abdurahmonov.

Ogohlantirishlar: A’lamxonov (32), Rustamov (40), Abdurahmonov (58), Milich (58).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Dinamo" futbolchilari to‘rtta gol urib, "Qo‘qon-1912" bilan durang o‘ynashdi