22:43 / 15.06.2019
3 820

JCh saralash bosqichi 2-raund oldidan. O‘zbekiston safarda boshlab safarda tugatadi

JCh saralash bosqichi 2-raund oldidan. O‘zbekiston safarda boshlab safarda tugatadi
Bundan buyon jahon chempionati saralash bahslari haqida ko‘proq fikr yuritamiz.
Chunki sentyabr kelishiga ham oz qolyapti va aynan shu oyning 5-sanasidan boshlab Osiyo mintaqasida JCh-2022 saralash bosqichi ikkinchi raundiga start beriladi.

Ikkinchi bosqich haqida qisqacha to‘xtalsak. Navbatdagi bosqichda jami 40ta jamoa qatnashadi, jamoalar beshtadan 8ta guruhga bo‘linadi. Jamoalarni bo‘lish FIFA reytingidan kelib chiqib taqsimlanadi. Hozirgi reytingiga ko‘ra, savatchalarga bo‘lib chiqish quyidagicha ko‘rinish olgan:

1-savatcha (№1): Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy.
2-savatcha (№2): Iroq, O‘zbekiston, Suriya, Livan, Ummon, Qirg‘iziston, Vetnam, Iordaniya.
3-savatcha (№3): Falastin, Hindiston, Bahrayn, Tailand, Tojikiston, KXDR, Xitoy Taypei, Filippin.
4-savatcha (№4): Turkmaniston, Myanma, Gonkong, Yaman, Afg‘oniston, Maldiv, Quvayt, Malayziya.
5-savatcha (№5): Indoneziya, Singapur, Nepal, Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Guam, Kambodja, Shri-Lanka yoki Makao.

Lekin hali reytingda kichik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, ikkinchi raund saralash o‘yinlariga 17 iyul kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekiston terma jamoasining 2-savatchada bo‘lishi aniq. Bunga ko‘ra biz guruhda №2 raqamli jamoa bo‘lamiz. Har bir guruhda beshtadan jamoa bo‘lganidan keyin, uchrashuvlar 10 turdan iborat bo‘ladi.

Bunda har bir jamoa to‘rtta uyda va to‘rtta safarda, jami 8 tadan o‘yin o‘tkazadi. Har bir guruhda jamoalar soni toq bo‘lgani uchun navbati bilan ikkita turda dam olishadi. Bu degani O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 sentyabr va kelasi yilning 26 martida rasmiy uchrashuv o‘tkazmaydi.

Yana shunisi aniqki, biz ikkinchi raundni safarda boshlab safarda tugatamiz. Dastlab 5 sentyabr kuni 3-savatchadan o‘rin egallaydigan jamoa mehmoni bo‘lamiz. Va oxirgi tur kelasi yilning 9 iyunida 1-savatchadagi kuchli jamoa maydoniga safar uyushtiramiz. Ko‘rinib turibdiki, taqvim bizga oson kelmaydi, biroq imkoniyat hammada bir xil.

Ikkinchi raund yakuniga ko‘ra, 12 ta jamoa uchinchi bosqichga yo‘l oladi. Bunda 8 ta guruh g‘oliblari hamda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 4 ta ikkinchi o‘rin egalari navbatdagi raundda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishadi. Quyida ikkinchi raund taqvimi sxemasini keltirib o‘tamiz.

1-tur. 5 sentyabr, 2019
№3 - O‘zbekiston

2-tur. 10 sentyabr, 2019
O‘zbekiston dam oladi

3-tur. 10 oktyabr, 2019
O‘zbekiston - №4

4-tur. 15 oktyabr, 2019
№5 - O‘zbekiston

5-tur. 14 noyabr, 2019
O‘zbekiston - №1

6-tur. 19 noyabr, 2019
O‘zbekiston - №3

7-tur. 26 mart, 2020
O‘zbekiston dam oladi

8-tur. 31 mart, 2020
№4 - O‘zbekiston

9-tur. 4 iyun, 2020
O‘zbekiston - №5

10-tur. 9 iyun, 2020
№1 - O‘zbekiston

Milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh saralash bosqichi 2-raund oldidan. O‘zbekiston safarda boshlab safarda tugatadi