00:30 / 16.06.2019
2 676

Ukraina U-20 termasi JCh-2019 g‘olibligini qo‘lga kiritdi

Ukraina U-20 termasi JCh-2019 g‘olibligini qo‘lga kiritdi
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan Ukraina – Janubiy Koreya uchrashuvi o‘z nihoyasia yetdi. Hal qiluvchi bahsda ukrainlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Li Kan In penaltini aniq bajarib, koreyslarni oldingan olib chiqqan bo‘lsa, 34-daqiqada Vladislav Supryaga muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Supryaga dubl qayd etib, jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Georgiy Sitaishvili ajoyib tarzda raqib futbolchisini ortda qoldirgan holda bahsga chiroyli nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, Ukraina mazkur yosh tofiasida ilk bor jahon chempioniga aylandi

JCh-2019 (U-20), final

Ukraina U-20 – Janubiy Koreya U-20 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 5, penalti Li Kan In, 1:1 – 34 Supryaga, 2:1 – 52 Supryaga, 3:1 – 89 Sitaishvili.

Ukraina U-20 – Lunin, Safronov, Bondar, Konoplya, Beskorovayniy, Xaxlev (Chex, 57), Korniyenko, Drishlyuk, Sitaishvili, Buletsa (Kaщuk, 88), Supryaga (Sikan, 62).

Janubiy Koreya U-20 – Li Kvan Yon, Se Yong (Von San, 46), Li Che Ik, Hvan Te Xyon, Chun (Kyu Hyuk, 80), Kim Chun Min, Hyun Vo, Li Kan In, Ji Sol, Cho Yon Uk (Chon Se Chin, 63), O Se Xun.

Ogohlantirishlar: Hyun Vo (33), Li Che Ik (56), O Se Xun (78), Konoplya (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukraina U-20 termasi JCh-2019 g‘olibligini qo‘lga kiritdi