“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- “Nasaf” – yaxshi jamoa. Bugun teng o‘yin namoyish etildi. G‘alaba qozonishimiz ham yoki yakunda mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. G‘alabani qo‘ldan chiqarishda o‘zimiz aybdormiz. Raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdik. Lekin bundan foydalana olmadik. O‘yin oxirida bizda ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.
“Nasaf” jamoasini o‘rganganimda ushbu klubning o‘yin so‘nggida jismonan ancha yaxshi harakat qilayotganiga guvoh bo‘lgandim. Ammo bugun uchrashuv oxirida biz ham yaxshi harakat qildik. Har bir jamoa raqibning qay darajada o‘ynashga imkon berishiga qarab maydonda to‘p suradi. “Nasaf” ancha yaxshi jamoa. Yaxshi saviyadagi murabbiy ushbu klubda faoliyat olib boryapti va futbolchilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatyapti. Bugun ular o‘z maqsadlariga yeta olishdi, - dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi